2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha jami 8 505,6 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 28,7 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, yangi obyektlarni barpo etilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘z navbatida 59,9 % ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda 11,4 % investitsiyalar o‘zlashtirildi.



