2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 8 515,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 14,8 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, yangi obyektlarni barpo etilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘z navbatida 76,4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda 8,8 % investitsiyalar o‘zlashtirildi.



