Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

1-msg-1161344368-9052-52

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 2-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida markaziy apparati boshqarmalari xodimlari o‘rtasida “Mini-futbol” bo‘yicha rais kubogi musobaqasi tashkil etildi.

3-hklyuh4-20221202_205837-1

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, Covid-19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

5-msg-1161344368-9061-6