Joriy yilning 29-noyabr – 1-dekabr kunlari Yaponiyaning Tokiyo shahrida “COVID-19 pandemiyasi davrida aholini roʻyxatga olishning 2020- yil raundidagi taʻsirini baholash va muammolarini bartaraf etish” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
Mazkur konferensiya Amerika, Osiyo, Tinch okeani hududlarining milliy aholini roʻyxatga olish va statistika assotsiatsiyasi (ANCSDAAP) hamda Yaponiya statistika byurosi tomidan tashkil etildi.

Xalqaro konferensiyada Amerika roʻyxatga olish byurosi, Indoneziya, Gonkong, Shri-Lanka, Mongoliya, Koreya, Vyetnam, Ozarbayjon, Singapur, Hindiston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning milliy statistika sohasidagi ekspertlari ishtirok etdi.
Davlat statistika qoʻmitasidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Odilov Shohruh Gʻayratjonovich qatnashdi.
Ishtirokchilar konferensiya davomida roʻyxatga olish jarayonlarida zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari, aholini roʻyxatga olishda internet va planshet qurilmalaridan foydalanish hamda katta hajmdagi maʻlumotlarni yigʻish va qayta ishlash usullari haqida fikr-mulohaza almashishdi.
Matbuot xizmati


