2022- yilning yanvar-oktabr oylarida respublikada ishlab ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi 48,6 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, Toshkent viloyatida xizmat ko'rsatish sohasida kichik biznesning ulushi boshqa hududlarga nisbatan yuqori - 69,5 %ni tashkil etdi.Nisbatan past ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan - 37,6 %.
Mintaqalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesning ulushi, %:
O‘zbekiston Respublikasi – 48,6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 50,5
Andijon – 66,6
Buxoro – 61,1
Jizzax – 58,6
Qashqadaryo - 67,2
Navoiy – 58,1
Namangan – 66,1
Samarqand - 67,8
Surxondaryo – 65,3
Sirdaryo – 51,5
Toshkent - 69,5
Farg‘ona – 64,4
Xorazm - 62,8
Toshkent shahri - 37,6



