2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM 4,7 % ga o‘sdi va 22 646,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,6 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 43,5 %), sanoatda 115,9 % (14,6 %), qurilishda 101,7 % (7,2 %) va xizmatlar sohasida 105,3 % (34,7 %) kuzatilgan o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Aholi jon boshiga YAHM 3,0 % ga o‘sdi va 11 699,8 ming so‘mni tashkil etdi.