Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Olmazor tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish jarayonida mahallalar aholisining turmush tarzini oshirish borasida bir qancha topshiriqlar bergan edi.

318745844_456880243281560_454122061064969526_n

Prezidentimiz belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda muntazam ravishda  obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari, turli madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar, teatrlarga tashrif, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar tashkil etib kelinmoqda.

318760718_456880226614895_6595638567881232943_n

Davlat statistika qoʻmitasi Yangihayot tumani hokimligi bilan hamkorlikda 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir va sport musobaqalarini tashkil etdi.

318775263_456879409948310_1707991015754734239_n

Xususan, qizgʻin oʻtgan shaxmat, shashka va boshqa sport musobaqalarida yoshlar faol ishtirok etishdi.

318902713_456880246614893_5430521055503781215_n

Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.