2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 10 715,8 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 23,7 % ni tashkil etdi.Shuningdek, yangi obyektlarni barpo etilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘z navbatida 62,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda 14,2 % investitsiyalar o‘zlashtirildi.



