2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyati bo‘yicha jami 6 780,8 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 19,1 % ni tashkil etdi.Shuningdek, yangi obyektlarni barpo etilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘z navbatida 63,0 % ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda 17,9 % investitsiyalar o‘zlashtirildi.



