2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 6 713,0 mlrd.so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.Shuningdek, jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida to`g`ridan-tog`ri xorijiy investitsiyalar 4 931,7 mlrd.so`mni tashkil etgan bo`lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 358,6 mlrd.so`mni hamda boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 1 422,7 mlrd.so`mni tashkil etdi.


