2022-yil 1-oktabr holatiga, Sirdaryo viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 471,4 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 103,4 %), shundan sigirlar – 168,9 ming boshni (103,7 %), qoʻy va echkilar – 352,1 ming boshni (106,2 %), otlar – 15,8 ming boshni (108,5 %) hamda parrandalar – 3 903,7 ming boshni (181,8 %) tashkil etdi.



