2022-yil 1-oktabr holatiga, Fargʻona viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 061,8 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 101,8 %), shundan sigirlar – 387,8 ming boshni (102,5 %), qoʻy va echkilar – 903,8 ming boshni (101,8 %), otlar – 10,0 ming boshni (106,1 %) hamda parrandalar – 8 236,1 ming boshni (92,6 %) tashkil etdi.



