2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 884,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 13,9 % ga kamaydi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 7,1 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 1,2 foiz punktga kamayganligi hamda 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,5 foiz punktga oshganligi kuzatildi.



