2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 49 729,0 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 5,5 % ni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,5 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 13,3 %), sanoatda 105,3 % (70,3 %), qurilishda 108,6 % (3,8 %) va xizmatlarda 107,1 % (12,6 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 3,4 % ga o‘sdi va 47 724,5 ming so‘mni tashkil etdi.



