Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 70,1 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolalilar 25,3 %;
- ikki bolalilar 30,6 %;
- uch bolalilar 11,7 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 2,5 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 29,9 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.



