2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 76,8 % ni, yoki 6 528,3 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 98,9 % ni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 23,2 %, yoki 1 977,3 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi.



