2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 89,0 % ni, yoki 7579,1 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 149,8 % ni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 11,0 %, yoki 936,8 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58,1 % ni tashkil etdi.



