Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

1-photo_2022-12-27_12-07-50

Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

2-photo_2022-12-27_12-08-00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 2-dekabrdagi “Toshkent shahri tumanlarini har tomonlama rivojlantirish va islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar to‘g‘risida”gi AF-72 farmoyishi ijrosi doirasida Davlat statistika qo'mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari Yangihayot tumanidagi "Al-Farg'oniy", "Yorqinhayot" va "Navqiron" mahallalardagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.

3-photo_2022-12-27_12-08-03

Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbirlarida kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, keksalar va nogironlar, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berilib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak ko‘rsatildi.

4-photo_2022-12-27_12-08-10

Ayni vaqtda bu kabi xayriya ishlari davom ettirilmoqda.

5-photo_2022-12-27_12-08-14

Matbuot xizmati