Joriy yilning 29- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda qoʻmita markaziy apparati xodimlari va Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab, Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich barcha xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladi. Yil davomida statistika tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

1_7j1a32642_7j1a3304

Shundan soʻng, yil davomida faol boʻlgan xodimlarga Davlat statistikasi qoʻmitasi rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari berildi.

3_7j1a32314_7j1a3055

 Tadbir soʻnggida taqdirlanganlar soʻzga chiqib, eʼtibor va eʼtirof uchun katta tashakkur bildirishdi, bu eʻtirof ularni yanada gʻayrat va shijoat bilan ishlashga koʻmak berishini aytib oʻtishdi.

5_7j1a30026_7j1a3020

Davlat statistika qoʻmitasining ahil jamoasi va qolaversa, barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan chin dildan tabriklaymiz!

9_7j1a331010_7j1a3335

Yangi yil barchaga yangi omadlar, yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Matbuot xizmati