2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 80,0 ming tonna goʻsht (tirik vaznda), 246,3 ming tonna sut, 254,3 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami ishlab chiqarilgan
– goʻshtning 13,9 % i – Amudaryo tumani,
– sutning 15,5 % i Amudaryo tumani,
– tuxumning 17,5 % i – Beruniy tumani hissasiga toʻgʻri keldi.



