2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 126,2 ming tonna goʻsht (tirik vaznda), 663,8 ming tonna sut, 436,7 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Andijon viloyati boʻyicha jami ishlab chiqarilgan
– goʻshtning 10,5 % i – Jalaquduq tumani,
– sutning 9,3 % i Shahrixon tumani,
– tuxumning 18,4 % i – Asaka tumani hissasiga toʻgʻri keldi.



