2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatida yuqori o‘sish surati kuzatilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 122,5 % ni tashkil qildi. Bunday yuqori o`sish sur’atlariga hududda turistik markaz qurilishi, quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi, Samarqand kimyo majmuasi qurilishi kabi yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi natijasida erishildi.
Samarqand viloyatida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi natijasida o‘sish surati 22,5 %ga ko‘paydi
18/01/2023


