2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 132,2 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 577,9 ming tonna – sut, 489,3 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Namangan viloyati boʻyicha jami ishlab chiqarilgan
– goʻshtning 23,1 % i – Namangan shahri,
– sutning 13,2 % i Chust tumani,
– tuxumning 25,2 % i – Namangan tumani hissasiga toʻgʻri keldi.



