2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 228,8 ming tonna goʻsht (tirik vaznda), 1 013,2 ming tonna sut, 1 062,2 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Samarqand viloyati boʻyicha jami ishlab chiqarilgan.
– goʻshtning 15,3 % i – Kattaqoʻrgʻon tumani,
– sutning 10,4 % i – Kattaqoʻrgʻon tumani,
– tuxumning 28,9 % i – Samarqand tumani hissasiga toʻgʻri keldi.



