2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 219,4 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 768,7 ming tonna – sut, 927,8 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Toshkent viloyati boʻyicha jami ishlab chiqarilgan
– goʻshtning 9,7 % i – Zangiota tumani,
– sutning 10,6 % i – Boʻstonliq tumani,
– tuxumning 14,7 % i – Zangiota tumani hissasiga toʻgʻri keldi.



