2023- yilning 27- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari va Yaponiyaning “JICA” xalqaro hamkorlik agentligi missiyasi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda “World Business Associates Co. Ltd.” kompaniyasi eksperti – Koichi Tanaka boshchiligida “Energiya samaradorligi va energiyani tejash” texnik yordam loyihasini amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Yaponiyaning “JICA” xalqaro hamkorlik agentligi missiyasining O‘zbekistonga tashrif buyurishidan maqsad – energiya samaradorligi va uni tejash siyosati masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, korxona va tashkilotlarda turli uchrashuv va tadbirlar o‘tkazishdan iborat.

Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi “Energetika axborot tizimi”ga oid masalalar, e-Stat 4.0 dasturiy ta’minoti va borada tegishli vazirliklar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.
Matbuot xizmati


