2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Andijon viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 8,4 trln. so‘mga teng bo‘lib, jami investitsiyalardagi ulushi 57,2 % ga yetdi.
Mashina, asbob, uskuna va xo‘jalik inventarlarini sotib olishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 5,3 trln. so‘mni (jami investitsiyalardagi ulushi 35,6 %) hamda boshqa xarajatlar 1,1 trln. so‘mni (7,2 %) tashkil etdi.



