2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 6,1 trln. so‘mga teng bo‘lib, jami investitsiyalardagi ulushi 59,9 % ga yetdi.
Mashina, asbob, uskuna va xo‘jalik inventarlarini sotib olishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 3,5 trln. so‘mni (jami investitsiyalardagi ulushi 34,8 %) hamda boshqa xarajatlar 531,4 mlrd. so‘mni (5,3 %) tashkil etdi.