2022- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 26,7 % ni tashkil etdi.
Sanoat tarmog‘ining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy (69,3 %) va Toshkent (47,9 %) viloyatlarida kuzatildi. Sanoatning eng kichik ulushi esa Surxondaryo (6,9 %), Jizzax (13,1 %) va Xorazm (14,4 %) viloyatlarida qayd etildi.



