2022 yilning yanvar-dekabr oylarida Samarqand viloyatida 22,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 12,3 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 55,8 % ini tashkil etdi.
Mashina, asbob, uskuna va xo‘jalik inventarlarini sotib olishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 8,6 trln. so‘mni (jami investitsiyalardagi ulushi 39,0 %) hamda boshqa xarajatlar 1,1 trln. so‘mni (5,2 %) tashkil etdi.



