2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida 12,6 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2,9 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 22,7 % ini tashkil etdi.

Mashina, asbob, uskuna va xo‘jalik inventarlarini sotib olishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 9,5 trln. so‘mni (jami investitsiyalardagi ulushi 75,8 %) hamda boshqa xarajatlar 186,7 mlrd. so‘mni (1,5 %) tashkil etdi.

kreditovanie_493-1