2023- yilning 16- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti qoshidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.


Unda Andijon mashinasozlik instituti mustaqil izlanuvchisi Aysachev Abdulfotix Abdulfaizovichning “Qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish samaradorligini statistik baholash (Andijon viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur dissertatsiya ishi himoyasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati tarmoq boshqarmalari rahbarlari ham onlayn kuzatib borishdi.

Himoya natijalariga ko‘ra, dissertantga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qilindi va Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatidan Kengash qarorini tasdiqlab berish so‘raldi.


Matbuot xizmati


