2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Xorazm viloyatida 8,8 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 4,8 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 55,1 % ini tashkil etdi.
Mashina, asbob, uskuna va xo‘jalik inventarlarini sotib olishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 3,5 trln. so‘mni (jami investitsiyalardagi ulushi 39,8 %) hamda boshqa xarajatlar 454,3 mlrd. so‘mni (5,1 %) tashkil etdi.



