Joriy yilning 17- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

1-7j1a41264-7j1a4124

Ushbu on-line muloqotda “1- FX” shakli hisobotining har bir boʻlimi va undagi koʻrsatkichlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

2-7j1a41363-7j1a4129

On-line muloqotlar 2023-yilning 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

5-7j1a4134

Eslatib oʻtamiz, kichik korxona va mikrofirmalar uchun “1- FX” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.