2022- yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 18 136,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 5,0 % ga ko‘paydi. YAHMning o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,3 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 39,4 %), sanoatda 109,5 % (24,9 %), qurilishda 100,5 % (8,0 %) va xizmatlar sohasida 105,0 % (27,7 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari ta’sir qildi. Aholi jon boshiga YAHM 20 433,5 ming so‘mni tashkil etdi va 2,9 % ga o‘sdi.



