2023- yil 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent shahri Mirobod tumani Ziyonur mahallasida joylashgan 31-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.


Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanov va Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Kamilova ishtirok etdilar.


Uchrashuvda Statistika agentligining mutahassislari qatnashchilarga mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish holati, olib borilayotgan islohotlar va so’nggi yillarda erishilgan yutuqlar to’g’risida ma’lumotlar berdilar.


Shuningdek, o‘quvchilarga Vatanni sevish, uning tinchligini asrab-avaylash, taraqqiyotga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida yoshlar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligini alohida ta'kidlandi. Uchrashuvda o‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.


Uchrashuv so’ngida Statistika agentligining mutaхassislari maktab uchun esdalik sovg’alarini topshirdilar.
Matbuot xizmati


