2022- yil yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida YAHM 4,0 % ga o‘sdi va 34 858,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,6 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 47,7 %), sanoatda 104,4 % (6,9 %), qurilishda 102,0 % (8,3 %) va xizmatlar sohasida 106,3 % (37,1 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari ta’sir qildi. Aholi jon boshiga YAHM 12 561,6 ming so‘mni tashkil etdi va 1,6 % ga o‘sdi.



