2023- yilning 17- fevral kuni Statistika agentligida “Whiteshield Partners” konsalting tashkiloti vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.


Uchrashuvda Jahon bankining institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Xalqaro reyting agentligi vakillari tomonidan qo`yilgan savollar muhokama etildi.


“Whiteshield Partners” konsalting tashkiloti vakillari uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar berib o‘tdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.


