2022- yilning yanvar–dekabr oylarida Xorazm viloyatida jami 4,9 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 10,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarni ulushi 48,5 % hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlar ulushi 40,9 % ni tashkil etdi.



