Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 2022- yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Dastlab tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi, 2022-yilda statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida statistika tizimida o‘zining bor kuch-salohiyati, bilim va tajribasi, tashabbus va mehnatini ayamay fidokorona mehnat qilib, soha rivojlanishiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Navoiy viloyati statistika boshqarmasining faol xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari berildi.



