Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi turli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan amaliy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.


Joriy yilning 22-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Markaziy apparati boshqarma boshliqlari bilan ham “Turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir boʻlganda toʻgʻri harakat qilish” mavzusida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari keng qoʻllanilgan innovatsion interaktiv xonalarda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.


Mashgʻulotlardan soʻng, Agentlik vakillariga Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislari tegishli tavsiyalar berishdi. Shuningdek, yuzaga kelgan turli favquloddagi vaziyat jarayonlari aks etgan holatlar koʻrsatildi.


Statistika agentligi xodimlari oʻzlari uchun kerakli boʻlgan muhim tavsiyalarga ega boʻlib qaytishdi.



Matbuot xizmati


