Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi turli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan amaliy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Joriy yilning 23-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish” mavzusida tadbir oʻtkazildi.


Tadbirda Agentlik xodimlariga Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislari tomonidan mavzu bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favquloddagi vaziyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Statistika agentligi xodimlari oʻzlari uchun kerakli boʻlgan muhim tavsiyalarga ega boʻlishdi.
Matbuot xizmati


