Joriy ylining 2- mart kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

1-photo_2023-03-02_17-30-19

Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

2-photo_2023-03-02_17-30-18

Davra suhbatida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda viloyatning demografik holati bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

3-photo_2023-03-02_17-30-20

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

4-photo_2023-03-02_17-30-18-2

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

 Matbuot xizmati