Joriy yilning 14- mart kuni yangi STATA dasturini o‘rganish yuzasidan onlayn o'quv-seminari o'tkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

1-7b5a2393

Seminar Statistika agentligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etildi.

2-7b5a2383

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevral “2023-yil uchun statistika dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 80-sonli qaroriga asosan STATA dasturiy mahsulotidan foydalanish ko’nikmasini oshirish bo’yicha o’quv mashg’ulotlar o’tkazish belgilangan.

3-7b5a2392

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tarmoq boshqarmalari va ularning hududiy bo’limlari uchun STATA axborot tizimi bo’yicha vebinar otkazildi.

4-7b5a23855-7b5a2377