2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a2671

Shundan kelib chiqib, joriy yil 17- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-7b5a2679

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3-7b5a2694

Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning Milliy modelidagi so‘nggi bosqichi: ishlab chiqish siklini baholash mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

4-7b5a2676

Matbuot xizmati