2023-yilning yanvar oyida Samarqand viloyati bo‘yicha 275,2 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi. Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha ishlar 108,0 mlrd. so‘mni, fuqarolik obyektlari qurilishi bo‘yicha 160,4 mlrd. so‘m va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 6,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, ularning jamiga nisbatan ulushi mos ravishda 39,2 %, 58,3 % va 2,5 % ni tashkil etdi.



