2023-yilning yanvar oyida Surxondaryo viloyati bo‘yicha 221,6 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi. Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha ishlar 150,5 mlrd. so‘mni, fuqarolik obyektlari qurilishi bo‘yicha 59,1 mlrd. so‘m va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 12,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, ularning jamiga nisbatan ulushi mos ravishda 67,9 %, 26,7 % va 5,4 % ni tashkil etdi.



