2023-yilning yanvar oyida Farg‘ona viloyati bo‘yicha 331,9 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi. Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha ishlar 267,0 mlrd. so‘mni, fuqarolik ob’ektlari qurilishi bo‘yicha 44,8 mlrd. so‘m va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 20,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, ularning jamiga nisbatan ulushi mos ravishda 80,4 %, 13,5 % va 6,1 % ni tashkil etdi.



