2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 2889,5 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsilar o‘zlashtirildi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 2597,9 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan 89,7 % ni tashkil etdi. Qolgan 291,6 mlrd. so‘m yoki 10,3 % i boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirildi.



