Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Statistika agentligi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig'i Jomolov Muzaffar Mirzoxitovich, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida dastlab, Muzaffar Jomolov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Xorаzm viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i O‘tamuratov Asfandiyor Rustamovich kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Matbuot xizmati


